Tezkor

DXX: Prokuratura va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan boğliq noqonuniy holatlar foş etildi

Video6-iyul, 2024, 14:325 daqiqa0 koʻrish

DXX: Prokuratura va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan boğliq noqonuniy holatlar foş etildi

Toşkent şahar prokuraturasining maʼmuriy sud işlarini yuritişda prokuror vakolatini taʼminlaş bölimi katta prokurori hamda uning vositaçisi bölgan, Toşkent şahridagi suğurta markazi rahbari protsessual tartibda uşlangan. Ular 150 ming AQŞ dollari evaziga qayta ekspertiza tayinlatiş böyiça tergovçining qarorini çiqartiriş, ekspertiza xulosasini pul beruvçi şaxsning foydasiga ijobiy hal qilib berişga oid işga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Boşqa bir holatda Surxondaryo viloyati prokuraturasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirişga oid qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi katta prokurori ötkazilgan tezkor tadbirda talab qilgan 28 ming AQŞ dollaridan 10 ming dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining «Xalqlar döstligi» sanʼat saroyi yonğinga qarşi profilaktikasi katta inspektori boşqa hamkasbi orqali işni hal qilişni aytib, 12 ming AQŞ dollari talab qilib, avvalroq 3 ming dollar oladi.

Tezkor tadbirda, u 2900 dollarni özining hamkasbiga bergan vaqtida uşlandi.

Hozirda katta inspektorga nisbatan JK 211-moddasi 1-qismi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, garov ehtiyot çorasi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek