Muhim

DXX: Tojikistondan keltirilgan 32 kg narkotik modda töxtatib qolindi

Video6-yanvar, 2026, 10:146 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️DXX: Tojikistondan keltirilgan 32 kg narkotik modda töxtatib qolindi

➖ Tojikistondan kontrabanda qilingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanuvçi fuqaroning Farğona viloyati Qöqon şahridagi xonadoni oşxonasi tekşirilganda, u yerda 4 kg 572 gr “opiy” hamda 1 kg 58 gr “gaşiş” moddalari borligi aniqlandi.

Şuningdek, unga tojikistonlik narkosavdogarlar WhatsApp messenjeridan yuborgan geolokatsiya orqali Danğara tumani hududiga yaşirib ketilgan 9 kg 980 gr “opiy” moddasi olindi.

Bundan taşqari, Qöqonda unga giyohvandlik vositalarini qayta işlab, isteʼmolga tayyor holatga keltiriş uçun yordam bergan şaxsning xonadonidan ham 7 kg 226 gr “opiy” moddasi olindi.

***

➖ Boşqa holatda esa Qöqon şahri hududida harakatlanayotgan, mahalliy fuqaro boşqaruvidagi Lacetti közdan keçirilganda, unda muqaddam 34 ming AQŞ dollariga sotib olingan 5 kg 22 gr “opiy” moddasi borligi maʼlum böldi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, unga narkotik moddani sotgan hamşahari va uning jinoiy şerigi bölgan Tojikiston fuqarosi qölga olindi.

Şuningdek, tojikistonlik şaxsning Özbekiston tumanidagi xonadonidan ham 2 kg 362 gr “opiy” moddasi olindi.

***

➖ Qöqon şahrida qayd etilgan yana bir holatda Nexia rusumli avtomaşinadagi sumka içida 982 gr “gaşiş” moddasi borligi maʼlum böldi.

Aniqlanişiça, giyohvandlik vositasi muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Qöqon şahri hududiga yaşirib ketilgan xufiya joydan olgan.

***

➖ Farğona şahrida esa Tojikistondan olib kelingan 989 gr “gaşiş” moddasini xaridorga 150 mln sömga sotayotgan şaxs uşlandi.

Hozirda barça holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek