Ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça yangi takliflar körib çiqildi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzGaz yetib bormagan hududlarda isitiş mavsumida elektr energiyasi bazaviy meʼyorini 200 dan 350 kilovatt-soatga oşiriş taklifi maʼqullandi.❗️Şuningdek:
➖ Dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiş masalasini körib çiqiş taklif qilindi;
➖ Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, gaz, kömir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplaşda oilaning har bir aʼzosiga qöllaniladigan daromad mezonini 1 million 430 ming sömgaça oşiriş taklifi körib çiqildi. Natijada qöllab-quvvatlaş qamrovi yana 166 ming oilaga kengayadi;
➖ Elektr energiyasi va gaz böyiça bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplaş muddatini 2028-yil 1-aprelgaça uzaytiriş taklif qilindi (bungaça uşbu muddat 2027-yil 1-aprelga qadar edi). Bu çora bilan bir yilda 470 ming oilani qamrab oliş nazarda tutilmoqda;
➖ Şaroiti oğir mahallalardagi 3 mingta xonadonni issiqlik jihatidan himoyalaş va energiya tejovçi uskunalar bilan taʼminlaş işlari ham davom ettiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


