Muhim

«El-yurt umidi» jamğarmasi 2025-yil 1-oçiq stipendiya tanlovini eʼlon qildi

Video4-iyun, 2025, 13:577 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️“El-yurt umidi” jamğarmasi 2025-yil 1-oçiq stipendiya tanlovini eʼlon qildi

Jamğarma tomonidan 450 ta örin ajratilgan. Xususan:

🔹 bakalavriat – 130 ta örin;
🔹 magistratura – 220 ta örin;
🔹 doktorantura – 100 ta örin.

Mazkur stipendiya tanlovi uçun örinlar ajratişda STEM yönalişlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va quriliş, qişloq va suv xöjaligi, geodeziya, yer munosabatlari) şuningdek, davlat boşqaruvi va boşqa dolzarb ijtimoiy yönalişlarga (tibbiyot, taʼlim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.

🌐 Nomzodlarga hujjat topşiriş jarayonida yanada qulaylik yaratiş maqsadida Jamğarma tomonidan onlayn platforma (https://el-yurt.uz) işga tuşirildi.

🗓 Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar mazkur platforma orqali tegişli hujjatlarni yuborişlari mumkin.

📋 Şuningdek, nomzodlar hujjatlarini topşiriş jarayonida quyidagi maʼlumotlarni yuklaşlari lozim:

▪️Jamğarma Ijroçi direktori nomiga ariza;
▪️ xorijiy taʼlim muassasasidan qabul qilinganligi töğrisida xat (Letter of acceptance);
▪️ mehnat daftarçasi nusxasi (mavjud bölsa);
▪️ attestat yoki diplom nusxasi;
▪️ xorijiy tilni biliş darajasini tasdiqlovçi xalqaro sertifikat;
▪️ motivatsion inşo va boşqalar.

Tanlovga oid barça maʼlumotlar https://eyuf.uz saytida eʼlon qilib boriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek