Tushuntirish

Endi ketma-ket 4-5 kunlab dam olmaymizmi?

Matn27-fevral, 2025, 13:141 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz8-mart şanbaga töğri kelgani sababli 5 kunlik iş haftasidagilar uçun dam oliş kuni 10-mart, duşanbaga köçiriladi. 6 kunliklar uçun duşanba — iş kuni.

❓Endi ketma-ket 4-5 kunlab dam olmaymizmi?

Aytgança, har yilgi anʼanaga köra, yil oxirida Prezident farmoni bilan kelgusi yil uçun qöşimça dam oliş kunlari oldindan maʼlum qilinar edi. Ammo joriy yilda faqat Yangi yil bayrami uçun qöşimça dam oliş kuni eʼlon qilindi xolos.

Negadir 2025-yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida farmon çiqmadi (maxfiy çiqmagan bölsa, albatta).

Oçiği, bu nimadan dalolat ekanligini bilmadim. 2025-yilda Navröz, Mustaqillik, Hayit bayramlari arafasida oldingidek ketma-ket 4-5 kunlab dam oliş bölmaydimi endi? Yoki har bayramdan oldin alohida-alohida qarorlar çiqadimi? Unda bu noqulay-ku.

Çunki dam oliş kunlarini yil oxirida tasdiqlab qöyişdan asosiy maqsad, içki turizmni rivojlantiriş edi. Aholi oldindan rejasini qilib, biletlarini olib, mehmonxonalarni band qilsin, degan ezgu ğoya bor edi va bu bir neça yil davomida samarasini berdi. Endi nega bu amaliyotdan voz keçildi, hayronman.

Kimdir izoh bersa, yaxşi bölardi. Menimça, bunga asosiy masʼul Bandlik vazirligi bölsa kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek