«Energoislohot» yana kun tartibiga qaytmoqda
“Energoislohot” yana kun tartibiga qaytmoqda
Energetika sohasida bozor tamoyiliga ötiş va narxlarni liberallaştiriş mavzusi özbekistonliklar uçun yangilik emas. Bu ançadan buyon gapiriladi — iqtisodçilar, ekspertlar, xalqaro taşkilotlar, investorlar, umuman köpçilik Özbekistonda subsidiyalangan energotizim oxir-oqibat töliq tanazzulga olib kelişini taʼkidlaşadi.
Masalan, iqtisodçi Behzod Hoşimov Özbekistonning energo sohasidagi hozirgi narx siyosati “boylarni yanada boy, kambağallarni yanada kambağal” qilişini aytgandi.
❄️Ötgan qiş mavsumida bu tanazzul isbotini hamma kördi.
Bugungi loyiha bilan bu mavzu yana kun tartibiga qaytdi. Hozirça faqat biznesga, lekin istiqbolda aholi uçun ham oşsa kerak. Yana qaytdi deganimizning sababi, ötgan yili ham bunga uriniş bölgandi.
Yaʼni Hukumat elektr va gaz uçun aholiga "ijtimoiy norma" belgilab, şu normadan köp işlatganlar uçun erkin narxlarda sotişni yölga qöymoqçi edi. Biznes uçun ham narxlar erkinlaşişi kerak edi. Ammo keyinçalik bu loyiha töxtatib qöyilgandi.
❓Ijtimoiy norma nima degani?
Energiya isteʼmol qilişning ijtimoiy normasi sifatida aholi tomonidan imtiyozli tarif böyiça tölanadigan maʼlum miqdordagi energiya tuşuniladi. Yaʼni, muayyan belgilangan miqdorgaça nisbatan pastroq (imtiyozli, subsidiyalangan) narxda sotiladi va bu miqdordan oşiği erkin bozor narxida sotiladi.
❓Şartli subsidiya nima degani?
Misol uçun, elektr energiyasining 1 kVt soatining tannarxini taxminan 800 söm deb olsak, bu energiya aholiga tannarxidan ança arzon narxga, yaʼni bugungi kunda 295 sömdan sotiladi. Yetmagan qismi davlat byudjetidan qoplanadi.
Şunda bir oyda örtaça 200 kVt soat elektr energiyasi işlatadigan xonadon oyiga 101 ming söm, 400 kVt soat elektr işlatadigan xonadon esa 202 ming söm miqdorida davlatdan şartli subsidiya oladi (hisob-kitoblar taxminiy).
Uyida 2-3 ta konditsioner, bittadan ortiq muzlatkiç, kompyuter va boşqa elektr jihozlari bor, yaʼni tölov qobiliyati yuqori xonadonlar mos ravişda köproq elektr energiyasini sarflaydi va byudjetdan köproq şartli subsidiya oladi. Xullas, boylar köproq foyda qilyapti, kambağallar kamroq.
❓Bu nima beradi?
Masʼul taşkilotlarning aytişiça, energo resurslarni rentabelli, yaʼni foyda keltiradigan narxlarda sotiş sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilişga yordam beradi, bu esa kelajakda yangi quvvatlarni yaratiş, aholini uzluksiz va sifatli energiya bilan taʼminlaşning birdan-bir yölidir.
👉 @xushnudbek 👈

