Ertadan test sinovlari boşlanadi
❗️Ertadan test sinovlari boşlanadi
#abituriyent
Bir neça yuz ming abituriyent orziqib kutgan kun keldi. Ertaga, 14-iyulda test sinovlariga start beriladi.
Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada ötkaziladi.
1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da boşlanadi.
🏃➡️Abituriyentlardan test sinovlari boşlanişidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelişlari talab etiladi.
Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test ötadigan joyga kelişi kerak.
📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borişlari lozim:
1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi.
Boşqa heç qanaqa hujjat şart emas. Şuningdek, 🖊ruçka va 🥤suvni içkarida özlari berişadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uçun savollar kitobining özida oçiq hududlar taşlab ketilgan böladi (alohida böş qoğoz berişmas ekan).
❗️Pasport nusxasi yoki boşqa hujjatlar bilan kelgan, şuningdek, keçikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Testlar ötadigan binolar röyxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24546
Barçaga omad tilayman!
👉 @xushnudbek 👈

