Ertaga finalga teng öyin: Özbekiston — Hindiston!
♟️Ertaga finalga teng öyin: Özbekiston — Hindiston!
Ertangi 6-tur juftliklari eʼlon qilindi. Yigitlarimizning birinçi jamoasi eng asosiy raqibi 🇮🇳Hindiston bilan kuç sinaşadi. Mana bu jang turnirning haqiqiy bezagi va çempionlik masalasini hal qiladigan öta muhim öyin bölişi kutilmoqda.
Javohir Sindarov va Gukeş garçi boşqa-boşqa doskalarda öynayotgan va ertaga özaro kuç sinaşmaydigan bölsa ham, lekin baribir jamoaviy ruhiyat uçun ham Jahon toji öyinidan oldingi qarama-qarşilik butun dunyo nigohida bölişi tabiiy.
Bunga qadar uşbu jamoalar 2022 va 2024-yilgi Şaxmat olimpiadasida ham özaro kuç sinaşgan va ikkalasida ham durang bölgandi. 2022-yili Özbekiston, 2024-yili Hindiston çempion bölgan.
Hozirda Özbekiston-1 jamoasi turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda, Hindiston 2-örinda.
Turnir jadvalida 6-örinda borayotgan qizlarimizning asosiy jamoasi esa ertaga 🇬🇪Gruziya bilan kuç sinaşadi.
Open:
🇺🇿Özbekiston-2 — 🇪🇸Ispaniya
🇺🇿Özbekiston-3 — 🇦🇺Avstraliya
Women:
🇺🇿Özbekiston-2 — 🇲🇰Şimoliy Makedoniya
🇺🇿Özbekiston-3 — 🇸🇪Şvetsiya
👉 @xushnudbek 👈
- 18 Telegram Stars



