Ertaga Yalpi majlis

Matn18-yanvar, 2024, 21:151 daqiqa0 koʻrish

Ertaga Yalpi majlis. Eʼtirozlarga sabab bölayotgan qonun ham körib çiqiladimi?

Senatning qirq töqqizinçi yalpi majlisi ertaga, 19-yanvar kuni çaqiriladigan bölibdi.

Yalpi majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladi.

Senat matbuot xizmati xabarida ertaga senatorlar körib çiqadigan qonunlar röyxatida Yöl harakati xavfsizligiga oid muhokamalarga sabab bölayotgan qonun nomi tilga olinmabdi. Demak, uşbu qonun Yalpi majlisda körib çiqilmaydimi yoki şunçaki bu haqda jamoatçilikka aytmasdan, imi-jimida körib çiqişmoqçimi?

Eslatib ötamiz, katta va yaxşi qonunning orasiga ataylab organ xodimlarini foto yoki videoga olib internetga joylaştirişni taqiqlaşga oid modda qöşib ketilgani jamoatçilikning keskin eʼtirozlariga sabab bölmoqda.

Kuni keça Senatda ötkazilgan yiğilişda jurnalistlarning qonunga oid savollariga qoniqarli va asoslangan javob qatarilmadi. Öşa yiğilişning ayrim joylarini KunUz reportajida körişingiz mumkin (ayrim sabablarga köra, men Zoom orqali qatnaşgandim).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek