Farğona vodiysida 5-6-sentyabr kunlari «gaz zapravka»lar gazdan uziladi
Farğona vodiysida 5-6-sentyabr kunlari “gaz zapravka”lar gazdan uziladi. Sababi: magistral gaz quvuri ulanmoqda
Farğona vodiysi isteʼmolçilarini tabiiy gaz bilan taʼminlovçi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining toğli hududdan ötuvçi qismida qariyb 22 km qöşimça quvur qurilişi yakuniga yetkazildi.
Mazkur quvurning işga tuşirilişi vodiy viloyatlari isteʼmolçilarining tabiiy gaz taʼminoti işonçliligini oşirişga xizmat qiladi, — deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Uşbu yangi quvurni tarmoqqa ulaş böyiça montaj işlari olib borilişi munosabati bilan 2025-yil 5-sentyabr kuni soat 12:00 dan boşlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatiş vaqtinça töxtatiladi.
Mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda taʼmirlaş işlari vaqtida (5-6-sentyabr kunlari) Farğona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) hamda yirik isteʼmolçilarning gaz taʼminotiga vaqtinça çeklov kiritiladi.
Şuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari isteʼmolçilari uçun avtobenzin yoqilğisining sotuvga çiqariş hajmi oşiriladi.
Maʼlumot uçun: uşbu quriliş-montaj işlari davomida aholi isteʼmolçilarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlaş böyiça barça zaruriy çoralar köriladi.
👉 @xushnudbek 👈


