Farğonada ekologiya inspektoriga kuç işlatgan hokim örinbosari işdan olinib, jinoyat işi qözğatildi
❗Farğonada ekologiya inspektoriga kuç işlatgan hokim örinbosari işdan olinib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Tergov Boş prokuror nazoratida
Bugun, 25-noyabr kuni Farğona viloyati Buvayda tumani hokimi örinbosari Saidali Xizirov tumanning “Nayman” mahallasidan ötgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlar noqonuniy kesilişini töxtatiş uçun borgan ekologiya inspektoriga kuç işlatib, uni voqea joyidan olib ketgan.
Şundan söng, holat yuzasidan xizmat tekşiruvi olib borilib, hokim örinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Şuningdek, u va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat işi tergovi şaxsan Boş prokuror tomonidan nazoratga olingan.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



