FVV quyoş urişidan saqlaniş uçun bir neçta qoidalarga rioya etiş zarurligini eslatmoqda
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzGidrometeorologiya xizmati 25–29-iyul kunlari Özbekistonda havo harorati 45 darajagaça kötarilişi va çang-tözonlar kuzatilişi haqida ogohlantirdi.FVV quyoş urişidan saqlaniş uçun bir neçta qoidalarga rioya etiş zarurligini eslatmoqda:
✅ iloji boriça soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tuşadigan quyoş nurlari ostida bölmang;
✅ tabiiy matolar (paxta, kanop va b.) dan tayyorlangan kiyim kiying;
✅ albatta yengil, yorqin rangli boş kiyim kiying. Közingizga quyoşdan himoyalovçi közoynak taqing;
✅ suv içiş rejimiga amal qiling. Tartibsiz köp miqdorda suv içiş nafaqat çanqoqni yaxşi bosmaydi, balki yurakni ham zöriqtiradi. Yaxşisi aççiqroq damlangan çoy, kvas, har xil şarbatlar, mineral suv içing. Uydan çiqişingizda özingiz bilan olib oling;
✅ quyoşdan himoya qiluvçi kremlardan foydalaning;
✅ quyoşda bölib qaytganingizdan söng, duş qabul qiling yoki höl soçiq bilan artining;
✅ oç qoringa yoki ovqat yeganingizdan söng darhol quyoş ostida bölmang.
👉 @xushnudbek 👈

