FVV Sardobadagi toşqindan zarar körgan yaroqsiz buyumlar yoqilayotganini maʼlum qildi

Albom20-may, 2020, 14:342 daqiqa0 koʻrish

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axboroti:

«Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş işlari davom ettirilmoqda. Xabar berganimizdek, toşqin hududlari suvdan holi etilib, quruq va qulay holatga keltirildi. Hozirda bu maydonda ikkilamçi tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan aşyolar, uy xöjaligi buyumlarini yiğiş, ularni hududdan olib çiqiş va yöqotiş tadbirlarini misol qiliş mumkin. Çunki bunday vositalar qayta foydalaniş uçun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi», - deyiladi FVV xabarida.

Yaʼni bu bilan vazirlik uşbu yoqilayotgan buyumlar ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotganidek, xayriya uçun yuborilgan buyumlar emas, deya taʼkidlamoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek