Diplomatiya

Ğarb davlatlarida Falastin fojialariga nisbatan ikkiyoqlama standart kuzatilmoqda — Şavkat Mirziyoyev

Matn7-iyun, 2024, 17:521 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ğarb davlatlarida Falastin fojialariga nisbatan ikkiyoqlama standart kuzatilmoqda — Şavkat Mirziyoyev

Özbekiston Prezidenti Turkiyaga taşrifi doirasida OAV vakillariga bergan bayonotida Ğazo fojiasi töğrisida ham gapirdi.

Davlatimiz rahbari zöravonlikni töliq töxtatiş va tinçlik jarayonini boşlaş kerakligini taʼkidlagan.

“Bugun xalqaro hamjamiyatning, jumladan, Ğarb davlatlarining fojiaga bölgan munosabati bizni qattiq xavotirga solmoqda. Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng tarğib qilgan va ularning himoyasida turgan yetakçi, rivojlangan davlatlar bu qotilliklarga, bu vahşiyliklarga köz yummoqda. Albatta, zöravonlikni töliq töxtatiş va tinçlik jarayonini boşlaş kerak.

Ğazo fojiasi haligaça hal qilinmagan Isroil-Falastin ziddiyatining ayançli oqibatlaridir. Barqaror va uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun mustaqil va ozod Falastin davlati taşkil etilişi şart. Aslida Falastin muammosi butun Yaqin Şarq muammosidir.

Özbekiston ana şu ötkir muammo böyiça Turkiya prezidenti Erdoğon janobi oliylarining bildirayotgan adolatli taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, biz muqaddas dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini keng tarğib etiş borasida olib borayotgan işlarimiz böyiça hamkorlikni davom ettiramiz.

Hurmatli Erdoğon janobi oliylarining Islom diniga qarşi har qanday salbiy harakatlarga nisbatan qatʼiy pozitsiyasi ham alohida ehtirom va eʼtirofga loyiqdir. Biz hozir murakkab vaziyatda dinimizga qarşi yovuz kuçlarning turli xuruj va bosimlariga birgalikda javob qaytarişga kelişib oldik”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek