Diplomatiya
Gruziya Özbekistonning strategik şerigiga aylandi
Albom3-iyul, 2026, 15:202 daqiqa0 koʻrish
🇺🇿🇬🇪 Gruziya Özbekistonning strategik şerigiga aylandi
Şavkat Mirziyoyev va Gruziya boş vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.
Şuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almaşildi. Jumladan:
🔹 Bojxona işlarida hamkorlik va özaro maʼmuriy yordam töğrisida bitim;
🔹 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlaştiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
🔹 Kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
🔹 Hukumatlar örtasida 2026-2027-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
🔹 Madaniyat vazirliklari örtasida 2027-2030-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
🔹 Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi örtasida özaro anglaşuv memorandumi;
🔹 “E-Permit” ruxsatnomalar almaşinuvi axborot tizimini joriy etiş böyiça hamkorlik töğrisida memorandum;
🔹 Qişloq xöjaligi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
🔹 Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum;
🔹 Soğliqni saqlaş sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
🔹 Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari böyiça hamkorlik hamda axborot almaşiş töğrisida memorandum;
🔹 Mehnat migratsiyasi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
🔹 Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum.
Şuningdek, taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gruziya Adliya vazirligining Majburiy ijro byurosi örtasida hamkorlik töğrisida memorandum ham imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈


