Har bir OTMda böş xona va inşootlar talabalarga bepul ajratiladi

Matn4-mart, 2022, 19:261 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDavlat rahbari Toşkentga kelişi bilan talabalar bandligini taʼminlaş masalasida videoselektor yiğilişini boşladi.

Har bir OTMda böş xona va inşootlar talabalarga bepul ajratiladi

Hozirgi kunda Özbekistonda 510 ming nafar talaba kunduzgi şaklda öqimoqda (jami talabalar soni 820 ming). Ötkazilgan sörovnomalarda ularning 100 mingga yaqini işlaş va qöşimça daromad topiş niyatini bildirgan. Şavkat Mirziyoyev esa «bu raqamlar haqiqatda ança yuqori» ekanligini taʼkidladi.

«Qaysi hokim yoki rektor böş iş örinlarini tahlil qilib, talabalarni joylaştiriş böyiça işlagan? Hozirça, bu savolga ijobiy javob yöq. Hokim va rektorlar, bir narsani bilinglar - işlaşga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini taʼminlaş şart», — dedi Prezident videoselektor yiğilişida.

Yiğilişda OTMlardagi böş xona va inşootlarni talabalarga bepul ajratiş orqali ularda pullik kurslar, tögaraklar va boşqa xizmatlar hamda işlab çiqarişlar taşkil etiş kerakligi taʼkidlandi. Har bir rektorga Oliy taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlik markazlarini taşkil etiş topşirildi.

Har bir OTMda böş xona va inşootlarni talabalarga bepul ajratib, kamida 10 tadan pullik kurslar, maişiy va boşqa xizmatlarni taşkil etiş vazifasi qöyildi. Bu orqali 5 ming nafar talaba daromad keltiradigan iş bilan band böladi.

👉@xushnudbek👈

  • 👍 1575
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek