Tezkor

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun 10 ming 280 ta qöşimça kvota ajratildi

Hujjat17-iyul, 2026, 22:142 daqiqa0 koʻrish

Harbiy tavsiyanomalilar kvotalari.pdf

PDF · 578 KB

Yuklab olish

⚡️KVOTA-2026
#abituriyent 

✅ HARBIY TAVSIYANOMALILAR UÇUN

Harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun respublika böyiça jami 10 ming 280 ta qöşimça kvota ajratildi. Taʼlim şakllari kesimida:

➡️ kunduzgi — 7 ming 793 ta (davlat granti - 1 ming 828 ta, tölov-kontrakt - 5 ming 965 ta);
➡️ keçki — 1 ming 447 ta (tölov-kontrakt);
➡️ masofaviy — 1 ming 40 ta (tölov-kontrakt).

❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida harbiy tavsiyanomalilar uçun 47 ta kvota (11 ta grant, 36 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent Şarqşunoslikni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir tarix, kimdir falsafa, kimdir filologiya va h.k.

Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 47 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga grant yoki kontrakt asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 253 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Bu tavsiyanoma ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

‼️Uşbu imtiyozdan foydalanişda abituriyent grant uçun kamida 68 ball, kontrakt uçun kamida 56,7 ball töplagan bölişi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qöllanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek