Sport

Harri Keyn — «Oltin töp-2026» sohibi

Foto27-oktabr, 2026, 09:182 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 175 mingSaytdagi koʻrishlar: 2

⚽ Harri Keyn — “Oltin töp-2026” sohibi

U ötgan mavsumda “Bavariya” safida 🇩🇪Germaniya Bundesligasi çempionligi, kubok va superkubokni qölga kiritdi. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya terma jamoasi bilan esa Jahon çempionatida yarim finalga qadar yetib borib, 3-örinni egalladi.

Futbolçi, şuningdek, ötgan mavsumda barça musobaqalarda 73 ta gol kiritib, Yevropada klublar miqyosida eng köp gol urgan futbolçi va Bundesliga töpurari böldi.

Keyn 33 yoşida “Oltin töp” sohibiga aylandi. Bu orqali u Maykl Ouvendan söng 25 yil içida uşbu sovrinni qölga kiritgan ilk angliyalik futbolçiga aylandi.

Boşqa nominatsiyalar:

Eng yaxşi ayol futbolçi — Aleksiya Putelyas (“London City Lionesses”/Ispaniya terma jamoasi);

Eng yaxşi darvozabon — Unay Simon (“Atletik Bilbao”/Ispaniya);

Eng yaxşi ayol darvozabon — Kata Kol (“Barselona”/Ispaniya);

Eng yaxşi murabbiy — Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi);

Ayollar futbolida eng yaxşi murabbiy — Pere Romeu (“Barselona”);

Eng yaxşi jamoa — “PSJ” (Fransiya);

Eng yaxşi ayollar jamoasi — “Barselona” (Ispaniya);

Eng yaxşi yoş futbolçi — Lamin Yamal (“Barselona”/Ispaniya);

Ayollar futbolida eng yaxşi yoş futbolçi — Viki Lopes (“Barselona”/Ispaniya);

Eng yaxşi töpurar — Harri Keyn (“Bavariya”/Angliya);

Ayollar futbolida eng yaxşi töpurar — Çarlin Korral (“Paçuka”/Meksika).

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Chilonzor koʻchasining “Oʻzbekfilm” deb ataladigan qismiga shu nomni berish taklif qilindi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 170 ming1 daqiqa

  2. Kinematografiya agentligi hamda «Özbekfilm» davlat muassasasi tugatildi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 179 ming1 daqiqa

  3. Zulfiqor Musoqovga prezident sovğasi — Yangi Toşkentdan uç xonali uy topşirildi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 172 ming2 daqiqa

Yana oʻqing