Hojatxonaga tuşib ketgan telefon sababli 3 kişi vafot etdi: ota va 2 farzand
Hojatxonaga tuşib ketgan telefon sababli 3 kişi vafot etdi: ota va 2 farzand
27-aprel kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yaşovçi ayolning telefoni hojatxonaga tuşib ketganligi sababli otasi va ukasini yordamga çaqirgan hamda birgalikda telefonini olib çiqiş vaqtida hojatxona çuquriga tuşib ketgan, uçalasi ham halok bölgan.
Oçiği nima deyişga ham hayronman. Tuşgan bölsa, ana boring, 200-300 dollarlik telefon tuşgandir. Şu uçun bir oilaning 3 aʼzosi hayotdan köz yumdi. Inson hayoti şu darajada arzonmi-a? Bu birinçi holat ham emas. Internetdan topilganlari:
➖ 2017-yilning 13-iyul. Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida hojatxonaga tuşib ketgan Samsung Galaxy J7telefonini olaman deb, 3 kişi halok böldi.
➖ 2018-yil 25-mart. Namangan viloyati Pop tumanida hojatxonaga tuşib ketgan “iPhone” telefonini olaman deb 2 kişi halok bölgan, 1 kişi kasalxonaga yotqizilgan.
➖ 2018-yil 23-yanvar. Toşkent şahri Şayxontohur tumanida 1 yaşar bola hojatxona teşigidan tuşib ketib, halok bölgan.
➖ 2022-yil 26-aprel. Buxoro viloyati Şofirkon tumanida 150 ming söm uçun kanalizatsiya quduğini tozalayman deb 3 kişi halok böldi.
Bu hali internetdan men topa olganlarim. Biz bilmaganlarimiz qança.
‼️ Ming afsuski, hojatxona haqida eng elementar bilimlarni ham köpçilik bilmaydi. Bu borada tarğibot qilinmaydi. Maktablarda şunaqa elementar bilimlar, hayot xavfsizligi böyiça yetarli maʼlumotlar berilmaydi. Hojatxona mavzusi qanaqadir uyat deb hisoblanadimiyey. Lekin öşa özimizça yaratib olgan uyat ortidan ayni kuçga tölgan insonlar ölib ketyapti.
👉 @xushnudbek 👈



