Hokimlik majburlagan taşabbuslar bekor qilinişi kerak
Hokimlik majburlagan taşabbuslar bekor qilinişi kerak
Mana, majburiy mehnat holati rasman aniqlanibdi, aybdor jazolanibdi.
Ana endi, hokimlik majburlab ovoz yiğgan barça loyihalar bekor qilinişi va kamroq ovoz olgan pastdagi loyihalar ğolib deb topilişi kerak.
Qiziltepa tumanidan qoldirilgan taşabbuslarga qarasak, eng köp ovoz olgan yuqori örinlardagi taşabbuslar aholi tomonidan emas, balki hokimlik tomonidan kiritilgani körga hassadek ayon böladi.
Masalan, 3 ta taşabbus tumandagi M-37 magistral yölining çap va öng tomoniga hamda Qiziltepa-Toşrobot yölining çap tomoniga yaşil makon boği suğoriş tizimini taşkil etiş haqida qoldirilgan. Yoki yana bitta taşabbus tuman markaziga favvora örnatiş haqida ekan.
Nima Qiziltepada asfaltlanmagan yöl yoki taʼmirlanmagan maktab qolmaganmidiki, aholi birdan suğoriş tizimiyu, favvoralar haqida öylab qolgan bölsa?
Bu şunçaki uyatsiz va bezbet hokimlikning taşabbusi va odamlarni haqorat qilib, qörqitib, öz amalidan foydalanib majburiy töplangan ovozlar natijasidir.
Şu sababli uşbu loyihalar albatta bekor qilinişi şart. Boşqa hokimtöralarga ham dars bölişi uçun.
👉 @xushnudbek 👈


