Hujjat topşirib bölgandan keyin yana öqiş joyini özgartirsa böladimi?
Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
❓Hujjat topşirib bölgandan keyin yana öqiş joyini özgartirsa böladimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, böladi.
Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgaça) bemalol öz yönalişlaringizni özgartirişingiz mumkin.
Ötgan yillarda tugatganlar tölov qilib bölgandan keyin ham yönalişlarni özgartirsa böladi. Bunda tölov kuyib ketmaydi yoki yana qayta tölov qiliş talab etilmaydi.
21-iyul soat 00:01 dan boşlab, yönalişlarni özgartirib bölmaydi.
Bundan taşqari, sizlarga döstona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungaça taqaydi va 20-iyul kuni serverga nagruzka kuçayib ketadi. Şunaqa payti balki saytda uzilişlar ham kuzatilişi mumkin. Tağin oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yönalişni özgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib ötirmang.
Tölovda ham xuddi şunaqa. Tezroq imkonini topib, tölovni amalga oşiring. Garçi har yili köp marta ogohlantirilsa ham, oxirgi kungaça tölovni qilmasdan, “voy, esimdan çiqib ketibdi, muddatni uzaytirib beringlar” deya sörovçilar köplab topiladi.
Tezroq bir qarorga kelişni maslahat beraman.


