Hurmatli maktab bitiruvçilari!
Manba:Sherzod Shermatov
Hurmatli maktab bitiruvçilari!
Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boşlaş arafasidasiz. Şu vaqtgaça qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va döstlaringiz bilan ötkazgan kundalik turmuş tarzingiz örniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boşlanmoqda.
Hozirda köpçiligingiz asosiy vaqtingizni oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uçun yaqinda “Online-maktab” kanallarimizda Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda test topşirişga tayyorgarlik va öziga xos onlayn-repetitorlik saboqlarini boşlaymiz.
Orangizda işga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boşlab, rözğorga öz hissasini qöşiş harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qöşimça kasb örganiş uçun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga öqişga ham borişi mumkin.
Yoşlarimizga qöşimça yordam sifatida yozda “online-maktab” kanallarida ingliz tilini örganiş uçun qiziqarli filmlar va körsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topişni örgatişga qaratilgan videodarslarni efirga berib boriş ustida işlayapmiz.
Inson muvaffaqiyatining köpi bilan 10 foizi omadga va taşqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan öziga boğliq ekanligi uçun yuqori maqsadlar qöyib, öz kuçingizga işonib tinmay harakat qilişingiz zarur!
Eng asosiysi, vaqtingizni behuda ötkazmang! Vaqt - hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim özingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltiriş uçun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oşirişga öz hissangizni qöşing!
Mustaqil hayotga qadam qöyişni boşlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman! Batafsil: https://bit.ly/2ZyV4Zi



