IIV: Andijonda «Ronaldo» laqabli şaxs va uning jinoiy guruhi tadbirkorni öldirtiriş uçun qotil yolladi
❗️IIV: Andijonda “Ronaldo” laqabli şaxs va uning jinoiy guruhi tadbirkorni öldirtiriş uçun qotil yolladi
Qayd etilişiça, 4-fevral kuni Andijon viloyatida yakka tartibdagi tadbirkor öziga nisbatan uyuştirilayotgan suiqasd böyiça IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Bunda “Ronaldo” laqabli muqaddam Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bilan sudlangan jinoiy guruh yetakçisi muqaddam 7 marta sudlangan yollanma qotilga tadbirkorni öldirişi uçun 1 ming 500 dollar berişga kelişib, dastlab 300 ming söm pulni berayotgan vaqtda uşlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan viloyatning Paxtaobod tumani Tibbiyot birlaşmasi boşliği “Glavraç” laqabli şaxs, muqaddam sudlangan “Boksyor” laqabli şaxs, şuningdek, tibbiyot instituti talabasi ham qölga olingan.
Holat yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 2-qismi “p” bandi (bir guruh şaxslar yoki uyuşgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud öşa guruh manfaatlarini közlagan holda qasddan odam öldirişga suiqasd) bilan jinoyat işi qözğatildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

