Ikki yadroviy davlat — Pokiston va Hindiston örtasida keskinlik kuçaymoqda

Matn25-aprel, 2025, 15:002 daqiqa0 koʻrish

Ikki yadroviy davlat — 🇵🇰Pokiston va 🇮🇳Hindiston örtasida keskinlik kuçaymoqda

Kaşmirning Hindiston nazorati ostidagi hududida bir guruh sayyohlarning öqqa tutilişi nizolarni yana olovlantirdi.

Voqealar xronologiyasi quyidagiça:

▪️ 22-aprel kuni Kaşmirning Pahalgam hududida bir guruh qurollangan jangarilar yaqin masofadan sayyohlarni öqqa tutdi. Oqibatda 26 kişi (25 nafari Hindiston, 1 nafari Nepal fuqarosi) halok böldi.

▪️ Hujumni Qarşilik fronti qurolli guruhi öz zimmasiga oldi. Ular mintaqaga joylaşib olgan "begonalar" demografik özgarişlarga "sabab bölayotgani"ni daʼvo qildi.

Maʼlumot uçun, Qarşilik fronti Kaşmirni mustaqil davlatga aylantiriş yoki 🇵🇰Pokiston tarkibiga qöşilişni talab qiladi.

▪️ Hindiston boş vaziri Narendra Modi sayyohlarga hujum qilganlar "dunyoning narigi çekkasidan bölsa ham" topilişi haqida bayonot berdi.

▪️Hindiston tomoni Pokistonni jangarilarni qöllab-quvvatlayotganlikda ayblab, uşbu mamlakat fuqarolariga vizalarni bekor qildi. Ikki davlat örtasidagi Attari-Vagah çegara ötiş punkti yopildi. Özaro diplomatik aloqalar minimal darajaga tuşirildi.

▪️Hindiston 1960-yildan buyon amalda bölgan Hind daryosining suvidan foydalaniş böyiça kelişuvni bekor qildi va Pokistonga ötadigan daryo suvini böğib qöydi.

Pokiston suvni töxtatiş yoki uning yönalişini özgartirişga har qanday urinişni uruş harakati, deb hisoblaşini maʼlum qildi.

▪️ Şundan söng, Pokiston Hindiston bilan savdo-sotiqni töxtatayotgani, havo hududini yopayotgani hamda hind diplomatlari mamlakatdan çiqarib yuborilayotganini eʼlon qildi.

▪️Kaşmirdagi nazorat çiziğida Pokiston va Hindiston harbiylari bir-birlariga qarata öt oçişdi.

▪️ Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Asif Hindiston bilan keskinlik töliq masştabli uruşga aylanişi mumkinligi hamda Pokiston Hindistonning ehtimoliy hujumiga qarşi bor kuçi bilan javob berişini maʼlum qildi.

ℹ️ Maʼlumot uçun, Şavkat Mirziyoyev Kaşmir hududida sodir bölgan terrorçilik harakati  oqibatida köplab insonlar nobud bölgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Boş vaziri Narendra Modiga taʼziya yöllagan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek