Ikkinçi mutaxassislik uçun onlayn röyxatdan ötiş boşlandi

Video10-iyul, 2024, 17:334 daqiqa0 koʻrish

Ikkinçi mutaxassislik uçun onlayn röyxatdan ötiş boşlandi

2024/2025-öquv yilida ikkinçi va undan keyingi taʼlim uçun talabgorlarni onlayn röyxatdan ötkaziş my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn şaklda amalga oşiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖özining pasport maʼlumotlari, JŞŞIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda öqiş istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yönalişini tanlaydi.

☝️Ikkinçi va undan keyingi oliy maʼlumot böyiça öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Maʼlumot uçun, ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim böyiça qabul parametrlari oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy taʼlim muassasasi kengaşi tomonidan belgilanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek