Fikr

Imtihon natijangizni eslay olasizmi?

Matn1-avgust, 2021, 16:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbek Xudoyberdiyev 1-avgust kunidagi test sinovlari va mobil internet öçirilişi bilan boğliq xotiralarini yodga oldi hamda özgarişlar haqida fikr bildirdi.

Imtihon natijangizni eslay olasizmi?

Men 2006-yili 190,0 ball bilan Toşkent davlat yuridik institutiga tölov-kontrakt asosida kirganman. Ötiş bali 181,2 bölgandi, adaşmasam. Tarixdan 36 ta savoldan 30 ta, ona tili va adabiyotdan 31 ta, ingliz tilidan 29 ta işlaganman. Bir amallab ilaşib qolganman, xullas.

Va doim aytaman, agar öşa yili kirolmay qolganimda, 4-5 yil umuman talaba bölolmay ötib ketardim, menimça. Yoki umuman özim xohlamagan qaysidir kamroq balli yönalişga kirarmidim, kim bilsin.

Çunki 2007-yildan boşlab test sinovlarida korrupsiya eeeeeng yuqori çöqqiga çiqib ketgan. Ballar şu darajada osmon bölib ketganki, Eynşteyndek daho bölsangiz ham bilimingiz bilan kiriş ehtimoli juda past edi.

Xullas, 2006-yili şunçaki omadim kelib qolgan, Allohga şukr.

❓Siz neça ball bilan kirganingizni eslay olasizmi?

P.S.: 10 yillar davomida öz mansabidan foydalanib, millatning kelajagini pullab, şuni ortidan millionlab harom pul topgan insonlarga laʼnatlar bölsin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek