Muhim

Imtihondan asossiz «yiqitilgan» 145 abituriyent talabalikka qabul qilindi

Matn1-mart, 2023, 16:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Imtihondan asossiz “yiqitilgan” 145 abituriyent talabalikka qabul qilindi

2022/2023-öquv yilida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farğona filialida ötkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari örganilib, 356 nafar (şundan, qöşilgan 322, kamaytirilgan 34) abituriyentlarning haqiqatda töplagan ballariga soxta yozuvlar kiritiş orqali, yuqori ball töplagan abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilmay qolinganligi aniqlangan.

Jumladan, velosport yönalişida abituriyent D.Bakirovning haqiqatda töplagan 105,2 balli OTM qabul komissiyasi masʼullari tomonidan soxtalaştirilib, DTMning elektron maʼlumotlar bazasiga pasaytirilgan 67,4 ball kiritilişi oqibatida talabalikka tavsiya etilmagan.

Viloyat prokuraturasining Davlat qabul komissiyasiga kiritgan xatiga asosan filialda ötkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari qayta körib çiqilgan.

Natijada Qabul komissiyaning şu yil 14-fevraldagi qarori bilan asossiz ravişda talabalikka qabul qilinmasdan qolgan 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar tölov - kontrakt) abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan.

Filialning sobiq direktori R.Rasulov va qabul komissiyasi masʼul kotibi M.Muxriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek