Imtiyozi bor abituriyentlarning kirgan yoki kirmaganini qanday aniqlasa böladi?
❓Imtiyozi bor abituriyentlarning kirgan yoki kirmaganini qanday aniqlasa böladi?
#abituriyent
✅ JAVOB: afsuski buni hozir özingiz aniqlay olmaysiz. Sababi https://mandat.uzbmb.uz saytida abituriyentlarning qanday imtiyozga ega ekanligi körsatilmaydi (umumiy maʼlumotdan taşqari).
Masalan, hozir umumiy röyxatga qarab qaysi abituriyentga xotin-qizlar yoki harbiy xizmat tavsiyanoma berilganini, qaysi abituriyentda nogironligi borligini yoki kim harbiyning farzandi ekanligini bila olmaysiz. Buni bilgan taqdiringizda ham qölda hisoblaş çiqiş imkonsiz, buning uçun yuz minglab abituriyentlarning şaxsiy sahifasini oçib çiqişingizga töğri kelardi.
Özi aynan mana şu imtiyozlilar tufayli har yili mandat keçikib ketadi. Çunki har bir imtiyoz böyiça alohida hisoblab, bittalab tekşirib, ularni umumiy röyxatdan çiqarib, mandatni tasdiqlagunça köp vaqt ötib ketadi.
Qani edi, berilgan 40 dan oşiq imtiyozlarni bir inventarizatsiya qilib, faqat sanoqligina ijtimoiy adolatlisini qoldirib, qolgan hammasini bekor qilib taşlaşsa, zör bölardi-ya. Lekin hali-beri bunaqa bölmasa kerak, imtiyoz qöşilsa, qöşiladiki, kamayişi dargumon.
👉 @xushnudbek 👈

