Imtiyozli qöşimça kvotalar qaysi yönalişga qöllanadi?
❓Imtiyozli qöşimça kvotalar qaysi yönalişga qöllanadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: faqat birinçi yönalişga (2 ta istisnodan taşqari).
Köpçilik şu savolni bermoqda. Xabaringiz bor, ayrim toifa abituriyentlar uçun umumiy kvotadan taşqari alohida kvotaga tanlov böladi. Masalan, harbiy tavsiyanoma olganlar, harbiylarning farzandlari, tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar, nogironligi bor yoki Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari va h.k.
Uşbu kvotalar qaysi yönalişga ötadi? Tanlagan beşta yönalişga ham qöllanadimi yoki faqat birinçigami?
Öqişga kiriş uçun qöşimça qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bölgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat özlari tanlagan birinçi bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etişlari mumkin.
2️⃣ Bunda nogironligi bölgan şaxslar hamda ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Yaʼni mazkur imtiyozlar beşta taʼlim yönalişi uçun ham örinli.
❗️ Eslatib ötamiz, bugun — 2023-yil 23-iyun soat 17:30 holatiga hali imtiyozlar va maqsadli qabul uçun kvotalar eʼlon qilinmadi. Umuman olganda tillar kesimida grant va kontrakt kvotalari ham hozirça aniq emas.
👉 @xushnudbek 👈

