Reklama

InfinBANK kömagida Qoraqalpoğistondagi 101 yoş oila yangi uyli böldi

Foto20-avgust, 2026, 10:041 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

InfinBANK kömagida Qoraqalpoğistondagi 101 yoş oila yangi uyli böldi

19-avgust kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj 101 ta yoş oilaga yangi barpo etilgan yakka tartibdagi xonadonlar kalitlari tantanali ravişda topşirildi.

Aholi turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan uşbu loyiha InfinBANK, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi örtasida tuzilgan uç tomonlama hamkorlik memorandumi asosida amalga oşirildi.

Hududiy qamrov nuqtai nazaridan uylar Qoraqalpoğistonning 16 ta tumani va Nukus şahrida barpo etilgan bölib, barçasi 3 xonali zamonaviy loyihalar asosida qurilgan. Xonadonlar zarur infratuzilma va maişiy qulayliklardan taşqari, energiya tejamkorligini taʼminlaş va oilalar xarajatlarini kamaytiriş maqsadida quyoş panellari bilan ham jihozlangan.

Reklama

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek