InfinBANK xalqaro bozorga 300 million dollargaça obligatsiya çiqarişni rejalaştirmoqda
InfinBANK xalqaro bozorga 300 million dollargaça obligatsiya çiqarişni rejalaştirmoqda
InfinBANK delegatsiyasi AQŞning Boston, Mayami va Nyu-York şaharlarida 15 ta yirik investitsiya fondi hamda bank vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvlar yakunida bank Oppenheimer investitsiya bankiga obligatsiyalarni joylaştiriş böyiça mandat berdi va 300 million dollargaça bölgan qarz vositalarini xalqaro bozorga çiqariş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Şuningdek, Toşkentda InfinBANK rahbariyati AQŞ elçisi Jonatan Xenik bilan uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi. Bankning xalqaro şeriklikni kengaytiriş böyiça taşabbuslari Samarqandda ötkaziladigan “C5+1” vazirlar sammiti doirasida ham davom ettiriladi.
Reklama



