INNO texnoparkida «TechnoWays» texnologik rivojlaniş marafonining respublika bosqiçi boşlandi

Video16-noyabr, 2021, 09:122 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Keça INNO texnoparkida yoşlar uçun Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan taşkillaştirilgan «TechnoWays» texnologik rivojlaniş marafonining respublika bosqiçi boşlandi.

Yangiça formatda taşkil qilinayotgan tadbir 24-noyabrgaça davom etadi. Marafonda yoşlar zamonaviy texnoparkning barça imkoniyatlaridan foydalangan holda öz innovatsion ğoyalari ustida iş olib borişadi. Iştirokçilar uçun turli xil «Innotur» sayyohatlari uyuştiriladi.

Marafon yakunida iştirokçilar orasidan 8 nafar eng zör ğoya mualliflari tanlab olinadi va ularning har biriga pul mukofotlari beriladi.

«TechnoWays» texnologik rivojlaniş marafonining respublika bosqiçi ğoliblari 22-27-noyabr kuni bölib ötadigan «InnoWeek.Uz-2021» innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida taqdirlanadi.

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek