Fikr

Iqtisodçi Şuhrat Kurbanov nega suvni köp isrof qilişimiz haqida fikr bildiribdi

Matn16-iyun, 2023, 15:311 daqiqa0 koʻrish

Iqtisodçi Şuhrat Kurbanov nega suvni köp isrof qilişimiz haqida fikr bildiribdi. Jumladan, u şunday deb yozmoqda:

“Içimlik suvining kelajagi (aniqroği, suvsiz kelajagimiz) mavzusida juda köp xabarlar çiqdi.

Ammo hamma narsa har doim taqqoslaganda yaxşiroq körinadi. Hozir bizda bir kubometr sovuq suv qança turadi?

1 m³ uçun 1 ming 400 söm.

Köpçilik biladimi yoki yöqmi — 1 m³ suv 1 tonna suvga teng. Yaʼni bir tonna suv 1 ming 400 söm.

Öz navbatida, 1 litr baklajkadagi gazsiz suv 2 ming 990 söm turadi. Yaʼni çanqasak, dökondan 1 litr suvni 2 tonna suv narxida sotib olamiz.

Suğoriş uçun har kvadrat metr uçun taxminan 5-10 litr işlatiladi. Suğoriş uçun maydon 100 kv. m. bölsa, unga taxminan 1000 litr, yaʼni 1 tonnagaça suv sarflanadi. Demak, siz 100 kv.m. yerni suğorganingiz uçun 1 ming 400 söm tölaysiz.

❓Va endi savol tuğiladi – nima uçun suvdan oqilona foydalanilmayapti?

Post tugadi.

Özimdan qöşimça: albatta, yuqoridagi savol öta ritorik. Avval ham aytganimizdek, bizda suv juda qadrsiz. Juda qadrsiz. Ham moddiy, ham maʼnaviy tomondan. Lekin “suvni isrof qilmaylik” degan millionta ijtimoiy rolik tayyorlab, boğçadan boşlab miyaga quyilsa ham, lekin 1 sotix yerni suğoriş narxi 1 ming 400 söm bölsa, suv baribir isrof bölaveradi. Quruq gap befoyda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek