Ispaniya finalda
🇪🇸Ispaniya finalda
Ispaniya 16 yil deganda yana bir bor jahon çempionati finaliga çiqdi. Luis de la Fuente jamoasi yarim finalda 🇫🇷Fransiyani işonçli tarzda mağlub etdi — 2:0.
Avvaliga 22-daqiqada Lyuka Din töpni qaytarişda xatoga yöl qöyib, Lamin Yamalga qöpollik işlatdi va penaltiga sababçi böldi. Uni Mikel Oyarsabal golga aylantirdi. Goldan 8 daqiqa ötib, fransuzlar jarohat sabab asosiy himoyaçisi — Vilyam Salibadan ayrildi.
Ispaniya ikkinçi bölimda yana bitta gol urdi. Gol muallifi Pedro Porro böldi. Fransiya öyinni özgartirişga harakat qildi, biroq Ispaniya bunga yöl bermadi.
Bugun ikkinçi yarim finalda 🏴Angliya va 🇦🇷Argentina özaro kuç sinaşadi. Uçraşuv soat 23:59 da boşlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 56 Telegram Stars


