Istanbuldagi VIII Butunhajon halol sammitida Özbekiston tadbirkorlari stendi taşkil etildi
Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötgan Islom Hamkorlik taşkilotining VIII Butunhajon halol sammiti va “HALAL EXPO-2022” tadbirlarida Özbekiston tadbirkorlari stendi ham taşkil etildi.
Xalqaro anjumanning rasmiy naşri bölgan “Halal Business” jurnalida esa Boş vazir örinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri A. Abduhakimovning intervyu şaklidagi tahliliy materiali turk va ingliz tillarida 500 ming nusxada çop etildi. Maqolada Özbekistonning aynan "Halol turizm" sohasida tutgan örni va salohiyati haqida maʼlumot berilgan.
Maʼlumot uçun: “HALAL EXPO" 1997-yildan buyon taşkil etilayotgan islom davlatlari iqtisodiyot tarmoqlarining eng yirik tadbirlaridan biri.
2022-yilda jahon musulmon aholisi 2 mlrdga yetdi va 2025-yilga kelib dunyo aholisining 27%i musulmonlardan iborat bölişi kutilmoqda. Ekspertlar fikriça, jahon halol bozori savdo aylanmasi 7 trillion AQŞ dollardan yaqin beş yilda 10 trillion dollarga yetadi.
👉 @xushnudbek 👈

