IT sohasida bepul öqiş mumkinmi?
IT sohasida bepul öqiş mumkinmi? Ha, mumkin, sizda faqat xohiş bölsa bas
Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov IT sohasida bepul taʼlim oliş uçun bir neçta imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.
Prezident qaroriga asosan, 1-martdan boşlab bitiruvçilarini aynan IT xizmatlari eksporteriga işga joylanişiga erişgan öquv markazlari uçun 25 million sömgaça, agar bitiruvçining nogironligi bölsa 35 million sömgaça subsidiya ajratilişi belgilandi. Yaʼni öquv markazlari şunçaki yoşlarni yaxşilab öqitib, keyin ularni işga joylaştirib, daromad qilişi mumkin. Davlat buning uçun yaxşigina pul tölab beradi.
Şu sababli öquv markazlari orasida "IT sohasida bepul öqitamiz", degan eʼlonlar köpayib qoldi.
Masalan, Samarqanddagi Sçool21 markazi nafaqat bepul öqitaman, balki yotoqxona bilan ham taʼminlayman, deyapti.
Sal avvalroq "Najot taʼlim" hamda "Cambridge LC" öquv markazlari Toşkent şahri va Farğona viloyati yoşlari uçun qiymati 3,5 mlrd sömlik "Kelajak yoşlari" taʼlim grantini eʼlon qilgan edi. Grant ğoliblari dasturlaş, dizayn va ingliz tili böyiça 1 yil bepul öqişi mumkin. Lekin bu grantga hujjat topşiriş muddati keça tugagan. Balki taşkilotçilar arizalar qabulini yana uzaytirar, ularning sahifasini kuzatib borişingiz kerak.
Şuningdek, Toşkentdagi MAAB Innovation IT Akademiyasi esa Business Intelligence mutaxassisligini 10 oy bepul öqiş imkoniyatini taqdim etyapti.
Aytgança, IT yönalişidagi talabalar uçun onlayn bepul taʼlim imkoni ham bor. Bunda ariza töldirgan holda jahonga maşhur “Coursera” platformasidagi 49 dollardan 400 dollargaça bölgan kurslarda bepul öqiş va hatto sertifikat oliş imkoniga egasiz.
Xullas, öqiyman desa, köngilda xohiş va bilim olişga intiliş bölsa, bemalol imkon topiş mumkin. Yaxşi öqiş esa, yaxşi iş joyi va zör daromad degani. Ayniqsa, IT sohasida talab yetarliça.
Foydalanmaysizlarmi?
👉 @xushnudbek 👈


