Ijodiy imtihonlar OTMlar hududida bölib ötmoqda

Matn2-avgust, 2022, 18:111 daqiqa0 koʻrish

Ijodiy imtihonlar OTMlar hududida bölib ötmoqda
#abituriyent

Hozirda kasbiy (ijodiy) imtihon olinişi nazarda tutilgan yönalişlarda imtihonlar davom etmoqda. Respublika böylab jami 46 ta OTMda şunday imtihonlar bölmoqda va bu 10-avgustga qadar davom etadi.

Ayrim abituriyentlar hujjat topşiriş vaqtidagi test topşiriş hududi bilan ijodiy imtihon topşiriş hududini bitta narsa deb öylamoqda. Ammo bu xato.

Siz DTM sayti orqali hujjat topşirayotganda «Test topşiriş hududi» degan bölimdan özingizga qulay hududni tanlagansiz. Ammo bu ijodiy imtihonni ham öşa hududda topşirasiz degani emas. Bu faqat barça abituriyentlar topşiradigan 3 ta majburiy fandan (Özbekiston tarixi, ona tili va matematika) test topşiradigan joyingiz degani. Ijodiy imtihonni esa özingiz hujjat topşirgan OTM belgilab bergan joyda topşirasiz.

Masalan, samarqandlik abituriyent Konservatoriyaga hujjat topşirgan bölsa va test topşiriş hududiga Samarqandni tanlagan, deylik. Demak, u ijodiy imtihonni Toşkentda, Konservatoriya hududida topşiradi. Ammo testni Samarqandda topşiradi.

Yana bir bor taʼkidlaymiz, ijodiy imtihon ötkaziliş vaqti, joyi, şartlari, imtihon natijalari haqidagi maʼlumotlarni özingiz hujjat topşirgan OTM veb-sayti yoki Telegram kanallari orqali olişingiz mumkin. Şaxsan özim juda köp OTMlarning Telegram kanallariga aʼzoman, ularda har kuni ijodiy imtihonga oid köplab foydali maʼlumotlar berib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, OTMda bölib ötayotgan ijodiy imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib borişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek