Tushuntirish

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori maşina oynasini sindirib, haydovçini olib tuşgani aks etgan video tarqaldi

Video3-noyabr, 2022, 14:452 daqiqa0 koʻrish

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori maşina oynasini sindirib, haydovçini majburiy olib tuşgani aks etgan video tarqalmoqda. Bu böyiça Toşkent şahar IIBB rasmiy munosabat berdi.

Xullas, 1-noyabr kuni 2004-yilda tuğilgan haydovçi 01N961CB raqamli Neksiya-2 avtomobilini hujjatlarsiz boşqarayotgan vaqtda yölda 3 marta YPX inspektorlari töxtatganda, töxtamasdan qoçgan.

Törtinçisida "uçar Şumaxerni" uşlaş uçun YPX xodimlari çorrahada boşqa maşinalarni ham töliq töxtatib qöygan. Maşinalar orasiga tiqilib qolgan "qoçoq" özini şubhali tutgan, eşikni oçiş va maşinadan tuşiş haqidagi qonuniy talabga böysunmasdan, içkaridan qulflab olgan. Söngra maşina oynasi sindirilib, eşik oçilgan va huquqbuzar haydovçining maşinani boşqariş imkoniyati çeklangan.

Haydovçiga nisbatan MJtKning 194-moddasi (“Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Maşina jarima maydoniga joylaştirilgan.

❓Içki işlar organlari xodimlarini oynani sindirişga va kuç işlatişga haqqi bormidi, degan savoliga kelsak, boşqa oğirroq falokatlarning oldini oliş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida bu kabi çoralar körilişi mumkin, bunga xodimlarning qonuniy haqqi bor. Çunki ahmoq qonunbuzarlardan har narsa kutsa böladi. Masalan, AQŞda kimdir şunaqa qoçganda va qarşilik qilganda, politsiya heç ikkilanmasdan öqotar quroldan foydalangan bölardi. Yaxşiyam bizda şunaqamas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek