Jadidlar merosi muzeyi taşkil etiladi

Matn31-may, 2024, 16:031 daqiqa0 koʻrish

Jadidlar merosi muzeyi taşkil etiladi

Buxoro şahridagi tarixiy maskan – Xöja Gulrez köçasi 13-uy manzilida joylaşgan Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi taşkil etiladi. Bu haqda Prezidentning tegişli qarori qabul qilindi.

Madaniy meros agentligi “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, aşyolar, noyob suratlarni Muzey uçun xarid qilib boradi.

Muzeyni taşkil etiş uçun belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça import qilinadigan muzey aşyolari va kolleksiyalari, kitob va qölyozmalar, şuningdek, Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan quriliş materiallari, asbob-uskunalar, butlovçi buyumlar, jihozlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar, mebel va inventarlar 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek