Jamiyatning jamoaviy jazosi haqida hikoya

Matn3-yanvar, 2024, 11:403 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Jamiyatning jamoaviy jazosi haqida hikoya

Uşbu hikoyani internetda öqidim, asl muallifini topa olmadim, lekin sizlar bilan ulaşgim keldi:

“Men iş va turmuş örtoğim sababli Hyustonda (Texas, AQŞ) yaşayman. Ötgan hafta men bilan sodir bölgan qiziqarli va taʼsirli voqea uyimga yaqin joylaşgan poçta bölimida sodir böldi. Yangi yil sovğasi sifatida internet orqali sotib olgan qöl soatim qutisidan oynasi singan çiqqanidan söng, darhol qaytarib beriş varaqasini töldirib, poçta bölimiga bordim. Poçtaga kirganimda 20-25 kişi navbatda turişibdi. Bu yerda Rojdestvo bayrami yaqinlaşayotgani uçun bozordan bir bölak non sotib olsangiz ham, önlab odamlar ortidan saf tortib, odatdagidan ança uzoq kutişingizga töğri keladi. Atigi 2 kişi xizmat qilayotganda, ayniqsa yuzi çarçagan, işlaşga toqati qolmagan yuz bilan işlayotgan bölsa, kutiş vaqti sabr-toqatni yana-da toşiradi.

Men kirgan navbatda orqaga burilib qarasam, yana 30-35 kişi turganini kördim. Ha, mayli, heç bölmaganda men örtadaman, deb özimni ovutmoqçi böldim.

Oradan roppa-rosa 40 daqiqa ötib menga navbat keldi. Men paketni poçta xodimiga berib: “Unda manzillar yozilgan”, dedim. “Nega paketni lenta bilan muhrlamadingiz?” deb söradi. Unga javoban kiriş joyidagi “paket tarkibini körişni xohlaşimiz mumkin. Iltimos, paketlaringizni oçiq tuting” degan ogohlantiriş yozuvini körsatdim. Ovozini baland qilib jahl bilan: “Men eşikda nima yozilganini juda yaxşi bilaman, paketingizni zudlik bilan lentalang”, dedi. Navbatdagilarning hammasi bizni tinglab turgan edi. Yonidagi lentani körsatib: “Şuni bera olasizmi, iltimos?” dedim. Poçta xodimi yana öşa baland ovoz bilan javob qaytardi: “Yöq, bu lenta meniki, mijoz öz lentasidan foydalanadi!”. “Yonimda heç qanday lenta yöq, lentangizni pulini beray...” desam, masʼul xonim ovozini yana-da balandlatdi. Ön fut narida qadoqlaş xizmatlari uçun tayyorlangan poyafzal qutisi ölçamidagi 20 dollarlik lentani körsatdi va uni sotib olişimni buyurdi. Sizningça “15 santimetrlik quti uçun şu lentani sotib olişim mantiqlimi?” deb söradim. “Lentani oling va darhol navbatning oxiriga boring!” U qiçqirarkan, jahldan qizarib ketdi. Xuddi şu ğazab bilan navbatda turgan keyingi odamni “Next!” (“Keyingi!”) deb baqirib çaqirdi. Şu payt qotib qoldim...

Çunki navbatda heç kim oldinga siljimasdi. Navbatning boşida turgan odam: “Zudlik bilan bu qutini lenta bilan yopiştiring va birinçi navbatda xonimning işini bitiring”, dedi. Poçta xodimi jahl bilan yana qiçqirdi: “Anyone else ... Next!!!” 30 kişi joyidan jilmadi. Ikkinçi poçta xodimining ham oldiga heç kim bormadi. Xizmat töxtatildi.

Bir kampir: “Men 76 yoşdaman, tizzalarim oğriyapti, lekin şu xonimning paketini lenta qilib, burçingizni bajarmasangiz, bu yerdan bir qadam ham jilmayman”, dedi. Poçta xodimi jahl bilan qölimdan paketni tortib oldi, men körsatgan yonidagi poçta lentasi bilan qutini lentaladi. Toki tölovimni olmagunça, men aralaş his-tuyğular içida qoldim, deyarli yiğlaşgaça bordim.

Navbatdagilarga “Hammangizga rahmat” deyişimdan boşqa söz topolmadim... Ular jilmayib qöl silkitişdi.

Köçaga çiqib, avtoturargohda maşinamga ötirib, öt oldirmasdan bir muddat öylab qoldim. Hammaning işi bor. Nimaga “şoşilyapman” deb birorta ham odam navbatda siljimadi? Bir kişiga nisbatan qilingan adolatsizlikka şunça odam kelişib olgandek qarşilik qildi?

Şu payt mendan keyin turgan odam ham işini tugatib, taşqariga çiqdi. U mening maşinamga yaqinlaşdi, men oynani oçdim. U tabassum qildi va könglimdagi savollarga javob berdi: “Sizga qilingan xato uçun uzr sörayman. Tabiatda hayvonlar, daraxtlar va hatto mikroblar bir-biri bilan boğlanib harakat qilsa, aksinça biz odamlar bir-birimizdan juda uzilganmiz. Agar xato darhol aniqlansa va unga jamoaviy reaksiya qilinmasa, öşa xato NORMALLAŞADI. Öşa xodim keyingi safar xato qilişdan oldin ikki marta öylaydi. Biz vazifamizni bajardik. Yangi yilingiz bilan”

Hikoya tugadi. Xulosa özingizdan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Ertaga — barça uçun iş kuni

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Ilmiy tadqiqot uçun sörovda iştirok eting

    0 koʻrish2 daqiqa

  3. 2024-yil Yaponiya uçun köngilsiz boşlandi

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing