Jamoatçilik kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi
Manba:Mass-media fondi
Jamoatçilik kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi
2020-yil 12-fevral kuni Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi huzurida taşkil etilgan Jamoatçilik kengaşining ilk yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda bir qator masalalar körib çiqildi.
Dastlab Jamoatçilik kengaşi raisi, örinbosari va kotibi saylandi. Oçiq ovoz beriş orqali AnhorUz naşri boş muharriri Lola Islamova Jamoatçilik kengaşi raisi, bloger Qobil Xidirov rais örinbosari hamda bloger Laziz Hamidov kotib sifatida saylandi.
Şundan söng matbuot sohasiga oid qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş masalasi muhokama qilindi. Jamoatçilik kengaşi aʼzolari sohaga oid bir neçta qonun va qonunosti hujjatlarini bitta kodeks sifatida birlaştirişni, uşbu masala yuzasidan katta tajribaga ega jurnalistlar, huquqşunoslar va ekspertlardan iborat işçi guruh tuzişni taklif qilişdi.
Bundan taşqari, media sohasidagi vakant iş joylari haqida maʼlumotlar beruvçi portal yaratiş orqali jurnalistlarni iş bilan taʼminlaşga kömaklaşiş, jurnalist va blogerlar uçun öquv hamda tajriba almaşiş kurslarini taşkil etiş masalalari böyiça özaro fikr almaşildi.
Şuningdek, milliy mass-media sohasidagi muammolarni batafsil, mohiyatan örganiş va ularni bartaraf etiş yuzasidan asoslantirilgan takliflar işlab çiqiş maqsadida turli mavzularda, xususan, jurnalistikada gender tengligi va muammolari masalasi, Özbekistonda mass-medianing rivojlaniş tendensiyalari, blogerlik sohasiga oid tadqiqotlar ötkazib boriş zarurligi taʼkidlandi.
Maʼlumot uçun, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi quyidagi tarkibda tasdiqlandi:
1. Şerzodxon Qudratxöjayev (ÖzJOKU, Xalqaro press-klub)
2. Azamat Atajanov (GazetaUz)
3. Umid Şermuhammedov (KunUz)
4. Muhrim Aʼzamxöjayev (DaryoUz)
5. Xurşid Daliyev (HumanUz)
6. Qamariddin Şayxov (QalampirUz)
7. Abduğani Abdurahmonov (XabarUz)
8. Lola Islamova (AnhorUz)
9. Jaloliddin Safoyev (SevimliTV)
10. Qobil Ahmedov (MY5 va Yoşlar TV)
11. Hojimurod Atakulov (Oriat-dono FM)
12. Qobil Xidirov (bloger)
13. Nozim Safarov (bloger)
14. Ali Qahhorov (bloger)
15. Laziz Hamidov (bloger)
16. Kirill Altman (bloger)
17. Feruzxan Yakubxodjayev (bloger)
18. Nikita Makarenko (bloger)
19. Saşa Ivanyujenko (bloger)
- 👍 5



