Janubiy Koreya guruhda 1-örinni olmaslikni va öz navbatida Yaponiyaga röbarö kelmaslikni uddaladi
Janubiy Koreya guruhda 1-örinni olmaslikni va öz navbatida Yaponiyaga röbarö kelmaslikni uddaladi. Buning uçun Koreya avvalgi 2 ta öyinda birorta gol ura olmagan, lekin 5 ta töp ötkazib yuborgan Malayziyadan naq 3 ta gol “yedi” 😊
Iordaniya esa Yaponiyadan qoçişning eng oson yölini tanladi, şunçaki Bahraynga yutqazib qöya qoldi va 3-örinni oldi. Natijada guruhda qolib ketişi mumkin bölgan Bahrayn yakunda guruhda 1-örinni egalladi va kunçiqar yurt vakillari tomon yöl oldi.
Endi eng qiziği, agar Saudiya Arabistoni bugun yutsa yoki durang öynasa, Janubiy Koreyaga tuşadi. Saudlar buni xohlamasdan, Tailandga sekingina yutqazib berişsa, nimçorak finalda Özbekistonga raqib bölişadi.
Ana şunaqa gaplar. Barçasi bir neça soatdan keyin maʼlum böladi.
👉 @xushnudbek 👈


