Fikr

Janubiy Koreyada maktab öquvçilari xavfsizligi uçun qilinadigan bir kiçik detalga eʼtibor qaratildi

Albom26-aprel, 2023, 10:325 daqiqa0 koʻrish

Ayni kunlarda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoşimiz Odiljon Karimov uşbu mamlakatda maktab öquvçilarining xavfsizligi uçun qilinadigan bir kiçik detalga eʼtibor qaratgan.

Koreyada köngilli volontyorlar, asosan pensiyadagi insonlar bolalarni çorrahadan eson-omon ötib olişlari uçun navbatçilik qilişar ekan. Ularga majoziy maʼnoda kiçik haq tölanadi, ammo odatda volontyorlar çin dildan kelajak avlod xavfsizligi uçun xizmat qilişarkan.

Töğri, Janubiy Koreya va bizning mentalitet boşqaçaroq, ayniqsa yoşi uluğ insonlarga nisbatan. Bizdagi urf böyiça keksalarimiz pensiyaga çiqqaç, nabiralari bağrida, izzat-ikromda böladi, odatda heç qayerda işlamaydi.

Koreya yoki Yaponiya kabi davlatlarda esa qariyalarga nisbatan munosabat biroz boşqaçaroq.

Unisi yaxşi, bunisi yomon deyişdan yiroqman. Bizda ham bobo-buvilarimiz çorrahada maktab öquvçilarini yöldan ötkazib qöyiş bilan şuğullansin ham demoqçi emasman.

Şunçaki ayrim masalalarda koreys va yaponlardagi mehnatkaşlik, fidoyilik, ijtimoiy masʼuliyat kabi jihatlardan örnak olsak yomon bölmasa kerak, har holda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek