Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirida Pragg ustidan ğalaba qozonib, yakka peşqadamga aylandi
ĞALABAAAAA!!!
🇺🇿Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirining 10-turida özi uçun eng noqulay raqib 🇮🇳Pragg ustidan oq donalarda ğalaba qozondi.
Eng qiziği, Javohir birinçi davrada qora donalarda ham Praggni taslim etgan edi. Öşa öyinda ham, bugun ham u ot qurbon qildi va yakunda ğalaba qozonib ketdi.
Şunday qilib, hamyurtimiz 10 ta turdan söng 8 oçko bilan yakka peşqadam bölib turibdi va eng yaqin taʼqibçisidan 2 oçko oldinda bormoqda. Yana 4 ta partiya qoldi xolos.
Javohir turnirda 6 ta partiyada ğalabaga erişdi. Hali şu paytgaça Nomzodlar turnirida heç qaysi şaxmatçi 6 ta ğalaba qozona olmagan edi. Bu mutlaq rekord böldi va bu rekord hali yana oşişi mumkin.
Qoyil, Javohir! Barakalla, Javohir!
Oxirigaça qöllab-quvvatlaymiz, hali bayram qilişga biroz erta. Lekin tarixiy onlarga oz qoldi, Xudo xohlasa. Sabr qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 54 Telegram Stars


