Jo Bayden Şavkat Mirziyoyevni AQŞga taklif qildi
⚡️ Jo Bayden Şavkat Mirziyoyevni AQŞga taklif qildi
Forbes jurnali AQŞ Prezidenti Jo Baydenning Özbekiston rahbariga yöllagan maktubini eʼlon qildi. Maktubda Jo Bayden AQŞ va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklik mustahkamlanayotgani uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiradi, şuningdek, oxirgi yilda mamlakatlar örtasidagi hamkorlik yangi bosqiçga kötarilganini qayd etadi.
"Qöşma Ştatlar siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişga qaratilgan saʼy-harakatlaringizni qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, qizingiz Saidani şu yil boşida Oq uyda kutib oliş şarafiga muyassar böldik. Uning jonbozligi va sizning qatʼiyatingiz sabab gender belgilari hamda oilaviy (maişiy) sabablar tufayli yuz bergan zöravonlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangani tahsinga sazovor", – deyiladi xatda.
AQŞ yetakçisi maktub söngida Şavkat Mirziyoyevni joriy yil sentyabr oyida bölib ötadigan BMT Boş Assambleyasi yiğilişi va C5+1 uçraşuvida iştirok etişga taklif etgan.
👉 @xushnudbek 👈
