Tushuntirish

Joriy yilda ham magistraturaga kirgan xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari byudjetdan tölab beriladimi?

Matn4-sentabr, 2026, 11:501 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Joriy yilda ham magistraturaga kirgan xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari byudjetdan tölab beriladimi?

✅Qisqa javob: ha, tölab beriladi.

📝Batafsil javob: Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat oliygohlarining magistratura bosqiçida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.

Bu tartib barça davlat oliygohlari, jumladan, Davlat boşqaruv akademiyasi, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uçun ham amal qiladi.

❗️Kontraktni qoplab beriş uçun talabgor oliygoh rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgaça kontrakt.edu.uz saytidan ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Tatbiq etilmaydi:

— 15-sentyabrdan keçiktirib topşirilgan arizalarga;

— tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt tölovlariga;

— qöşma taʼlim uçun;

— xorijiy va nodavlat oliygohlar uçun;

— qöşimça kvota uçun.

ℹ️Maʼlumot uçun: magistraturada öqiydigan HAMMA talaba-qizlarning kontrakti tölab beriladi. Ayrimlar faqat kam taʼminlangan ayollarga tölanadi, deb tuşunayotgan ekan. Yöq, unaqa emas.

Milliarderning qiziga ham, ehtiyojmandning qiziga ham, umuman HAMMAGA davlat tomonidan birdek tölab berilaveradi. Faqat 15-sentyabrgaça ariza beriş kerak böladi. Masalan, qaysidir boy inson magistraturada öqiydigan qiziga kontrakt tölab berişini davlatdan söraşga xijolat bölib, özi tölaşni istasa, unda bemalol özi tölaşi mumkin. Ariza bermay qöya qoladi xolos.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek