Rasman

JST sari: bir neçta davlat kompaniyalarining monopoliyasi bekor qilinadi

Matn4-iyun, 2024, 11:411 daqiqa0 koʻrish

JST sari: bir neçta davlat kompaniyalarining monopoliyasi bekor qilinadi

Özbekiston milliy qonunçiligini Jahon savdo taşkiloti bitimlariga muvofiqlaştirişga oid Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra, bir neçta davlat kompaniyalarining qonunçilik bilan taqdim etilgan quyidagi maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi:

a) 2025-yil 1-yanvardan boşlab:

“Özmetkombinat” AJning respublika hududida qora metall lomi va çiqindilarini tayyorlaş (xarid qiliş) huquqi;

“Özikkilamçiranglimetall” AJning respublika hududida rangli metall lomi va çiqindilarini tayyorlaş va eksport qiliş huquqi;

“Öztreyd” AJning konsignatsiya şartlarida oziq-ovqat uni va buğdoyni, şuningdek, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xöjaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat xavflaridan eksport şartnomalarini suğurtalaş polislarini taqdim etmasdan eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tuşiriş huquqi;

“Özkimyoimpeks” MÇJning “Özkimyosanoat” AJ taşkilotlari kimyoviy mahsulotlari eksporti hamda ularning işlab çiqariş ehtiyojlari uçun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar, xomaşyo  va materiallar importini amalga oşirişdagi yagona agent huquqi;

b) 2026 yil 1-iyuldan boşlab:

“UzGasTrade” AJning tabiiy gazni yagona eksport qiluvçi va import orqali taşqi manbalardan markazlaşgan tartibda xarid qiliş böyiça yagona operator sifatidagi huquqi;

“Özenergosotiş” AJning elektr energiyasining eksporti va importini markazlaşgan tartibda amalga oşiriş huquqi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek