Tushuntirish

Jurnalistika sohasidagi taʼlim granti böyiça ayrim tuşuntirişlar

Matn16-may, 2023, 17:501 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbekUz kanali jurnalistika yönalişida öqiyotgan 25 nafar talabaga 3 mln sömdan grant ajratadi. Arizalar 25-maygaça qabul qilinadi.

Taʼlim granti böyiça ayrim tuşuntirişlar:

➖ grant ğolibi böliş uçun ariza topşiriş bosqiçining oxirida yoziladigan esse juda muhim. Yaʼni siz özingiz haqingizda, nima uçun bu grantga hujjat topşirganingiz, nima uçun bunga özingizni munosib deb hisoblaşingiz, kelajakdagi rejalaringiz va şu kabi fikr-mulohazalaringizni yozişingiz kerak böladi. Ğoliblarni saralaşda komissiya aʼzolari albatta şu essedagi fikrlarni inobatga olişadi. Esse erkin şaklda yoziladi, biror şabloni yöq;

➖ grant faqat bakalavrlar uçun, magistrlarga taalluqli emas. Şuningdek, faqat kontraktda öqiyotganlar uçun, grantda tahsil olayotganlarga ham taalluqli emas. Qaysi bosqiçda öqiyotganining ham ahamiyati yöq;

➖ agar bitiruvçi bosqiç talabasi grant ğolibi bölsa va u barça kontrakt tölovlarini allaqaçon tölab bölgan bölsa, unda grant summasi talabaning öziga, şaxsiy rivojlanişi uçun taqdim etiladi;

➖ davlat yoki nodavlat oliygohda öqişining ahamiyati yöq, istalganiga berilaveradi. Faqat öqiyotgan yönalişi jurnalistika sohasiga oid bölişi kerak;

➖ agar ariza topşirişda biror texnik muammo paydo bölsa, unda bu haqda mana bu yerda izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek