Kasbiy taʼlim taşkilotlariga kamida umumiy örta maʼlumot negizida (11-sinf) qabul boşlandi
Kasbiy taʼlim taşkilotlariga kamida umumiy örta maʼlumot negizida (11-sinf) qabul boşlandi
Kasbiy taʼlim taşkilotlariga kamida umumiy örta maʼlumot negizida (11-sinf) boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari böyiça abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi.
Taʼlim şakllari:
🔹kunduzgi;
🔹 keçki;
🔹 dual.
🩺 Tibbiyot texnikumlariga keçki, dual taʼlim şakllari va xalqaro taʼlim dasturlari böyiça qabul jarayonlari ham my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi.
🩺 Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi taʼlim şakli böyiça mahalliy taʼlim dasturlarida öqişga kiriş istagida bölgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boşlab 10 kun davomida, tegişli mutaxassislik va taʼlim tilini tanlagan holda tanlovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötadi.
📝 Boşqa texnikumlar (kamida umumiy örta maʼlumot negizida) böyiça kiriş sinovlari yozma imtihon şaklida ötkaziladi.
2026/2027-öquv yili uçun kamida umumiy örta maʼlumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 ming 960 ta (şundan 61 ming 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Şundan:
➖kunduzgi taʼlimda – 87 ming 700 ta (39 ming 390 ta davlat granti);
➖keçki taʼlimda – 4 ming 440 ta,
➖dual taʼlim şaklida – 42 ming 820 ta (22 ming 160 ta davlat granti).
Texnikumlar röyxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanişing.
👉 @xushnudbek 👈

