Katta turnirlarda katta mağlubiyatlarni ham qabul qilişga örganişimiz kerak ekan
Katta turnirlarda katta mağlubiyatlarni ham qabul qilişga örganişimiz kerak ekan. Albatta, bu osonmas, bu oğriqli. Lekin biz kabi örtamiyona milliy jamoalarning taqdiriga bitilgani şu. Hamma kuçlilar şu yöldan yurib ötgan.
Özimiz katta davrani xohladikmi, endi oxirigaça çidaşga majburmiz. Yarim yölda töxtaş yöq, ösişda, rivojlanişda davom etişimiz şart.
Yoki Jahon çempionatiga doimiy çiqib, alam va quvonçni birdek totişga rozi bölişimiz kerak, yoki mundialga heç qaçon çiqmasdan, tinçgina Osiyoda yutqazmasdan yuraverişimiz kerak. Menimça, birinçisi biz uçun köproq foydali.
Mayli, kayfiyatni tuşirmang, bitta uxlab tursangiz, ötib ketadi. Tundan keyin heç qaçon tong otmay qolmagan. Otadi öşa tong. Faqat tun uzoq va qoronğu bölişi mumkin xolos.
👉 @xushnudbek 👈
- 237 Telegram Stars

